Shavkat Mirziyoyev 3-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida bo‘lib turibdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, shu kuni tongda videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, barcha tumanlar bilan muloqot qilingan. Tuman hokimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot bergan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, davlat rahbarining murojaatidan keyin vaziyat barqarorlashgan, hayot o‘z maromiga qaytmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Ma’lumki, kecha O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etilgan edi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining komendanti ushbu holat bo‘yicha axborot berib, vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.