Farg‘ona viloyatida tadbirkordan pora talab qilgan mansabdor ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Oltiariq tuman bo‘limi boshlig‘i X.U. “R.Q.” MCHJda o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha qo‘llaniladigan jarima miqdorini kamaytirib berish evaziga MCHJ rahbari A.dan o‘z xizmat xonasida 1 600 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.