Andijon shahrida 4–8-iyul kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston rasmiylarining ikki mamlakat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalari bo‘yicha navbatdagi maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi

Tomonlar davlat chegaralari demarkatsiyasi jarayonini tartibga soluvchi normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqdi.

Muhokamalar yakunida protokol imzolangan. Kelgusi uchrashuv Qirg‘iziston hududida bo‘lib o‘tadi.