Donda kompaniyasining asoschisi reper Kanye Uest penoplastdan yasaladigan Donda Foam Vehicle avtomobili loyihasini namoyish qildi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar berdi.

Foto: “Yandex.ru”

Amerikalik reper asos solgan Donda kompaniyasi Donda Foam Vehicle nomli penoplastdan yasalgan avtomobilni taqdim etdi. Kanye Uest Nike, New Balance, Reebok va Adidas kompaniyalaridagi faoliyati bilan tanilgan Stiven Smitnini esa sanoat dizayni bo‘limi rahbari etib tayinlanganini e’lon qildi.

Hozircha reperning jamoasi yangi avtomobil haqida hech qanday ma’lumot bermadi. Ushbu avtomobil loyihasini yaratishda qilingan hamkorlikdan tashqari Kanye Uest o‘z kompaniyasi va dizayner o‘rtasida yangi hamkorlik boshlaganini ma’lum qildi. Smit reper bilan 2016-yildan beri o‘zining shaxsiy Yeezy brendi ostidagi krossovkalarida hamkorlik qilib keladi. Dizaynerning ijod namunalari orasida New Balance 574, Reebok Insta Pump Fury, Yeezy Boost 700 va Yeezy Powerphase kabi oyoq kiyim turlari bor.

Smit Kanye Uest bilan qayta ishlash imkoniyatini “katta sharaf” deb e’tirof etdi. Yangi lavozimda u nafaqat poyabzal, balki mebel, transport vositalari va boshqa buyumlarning dizayni ustida ham ishlaydi. Mashinaning e’lonida esa “AQSHda ixtiro qilingan, ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan. Omin”, — deyiladi.

Foto: “Pravila jizni”

Nashrning ma’lum qilishicha, Smitning Donda’ga taklifi Adidas va Uest o‘rtasida ziddiyatli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, reper poyabzal ishlab chiqarishda ushbu brenddan alohida bo‘lishni istaydi. Iyun oyida esa Uest Adidas’ni shippaklar dizaynini plagiat qilishda aybladi.

Biroq sport tovarlari ishlab chiqaruvchisi Smit Donda’dagi ishi Adidas brendi va uning reper bilan hamkorligiga ta’sir qilmasligini ta’kidladi. “Biz birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutamiz”, — dedi Adidas vakili.

Foto: “Pravila jizni”

“Sport buyumlari, poyabzal, harbiy elektronika va kiyim-kechaklarning dizaynini yaratish bo‘yicha 37 yillik tajribaga ega bo‘lgan Stiven Smit Donda’ning sanoat dizayni bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi”, — deyiladi rasmiy manbalarda.

Mavzuga doir: