Mashhurlarning shaxsiy hayoti hamisha qiziq. Shu bois o‘zbek shou-biznesidagi mashhur erkaklarning turmush o‘rtoqlari haqida ma’lumot berishga qaror qildik. Ular qanday sohalarda faoliyat yuritadi?

Shahrizod G‘ulomova

Foto: Instagram / @shahagulyam

Mashhur aktyor Javohir Zokirov intervyularida buyuk o‘zbek yozuvchisi va shoiri G‘afur G‘ulom avlodi bo‘lmish Shahrizod G‘ulomova bilan oila qurgunga qadar ikki marta uylangani va unga uchinchi turmushi omadli kelganini ta’kidlaydi. Hozirda ularning bir qiz va ikki o‘g‘ili bor.

— Ayolim ingliz tili tarjimoni bo‘lib ishlaydi. Ba’zi paytlardan mendan ham yaxshiroq pul topadi. Agar u ishlamaganda, menga ancha qiyin bo‘lgan bo‘lardi. Chunki aktyorlarning gonorari ko‘p ko‘ringani bilan doimiy emas. Ba’zan umuman rollarga chaqirishmaydi, ba’zida esa chaqirganlariga borgim kelmaydi, — deydi aktyor Javohir Zokirov.

Marjona Sobirova

Foto: Instagram / @marjona__sobirova

Hamdam Sobirov ayoli Marjona bilan sevishib oila qurgan. Hozirda ularning bir o‘g‘il va bir qizi bor.

— Tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman, faqat aynan qaysi yo‘nalishda ekanligini oshkor etolmayman. Hozirgi kunda ko‘proq bolalarim bilan bandman, — deydi Marjona Sobirova.

Iroda Usmonova

Foto: Instagram / @iroda_usmanova

Aktyor Muhammadali Yo‘ldoshev Iroda ismli qiz bilan oila qurgan. Hozirda ularning Muhammadali va Madina ismli farzandlari bor. Ha adashmadingiz, ota o‘g‘liga o‘z ismini qo‘ygan. Chunki uning asl ismi Muhammad va bolalikdan farzandiga Muhammadali ismini qo‘yishni niyat qilgan ekan.

— Ayolim bilan qurilish mollarini sotadigan bozorda tanishib qolganmiz. Men onam bilan, u dadasi bilan kafel sotadigan do‘konga kirgan. Ko‘z-ko‘zga tushib, o‘rtamizda muhabbat paydo bo‘lgan. To‘rt oyda to‘yimiz bo‘lgan, — deydi Muhammadali Yo‘ldoshev.

Shahnoza Aliyeva

Foto: Instagram / @shkhnzk

“Qadam” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Muhammadali Aliyev esa Shahnoza ismli qiz bilan oila qurgan. Hozirda ularning Asmira va Salma ismli qizlari bor. Shahnoza Aliyeva malakali psixologlardan biri hisoblanadi.

— San’atkor bo‘lishimga ayolim sabab bo‘lgan, agar u majbur qilmaganida hali ham sotuvchi bo‘lib yurgan bo‘lardim. Shahnoza men uchun nafaqat mehribon turmush o‘rtoq, balki yaxshi psixolog va zo‘r motivator hisoblanadi, — deydi aktyor Muhammadali Aliyev.

Zarina Umrzoqova

Foto: Instagram / @umurzakova_zarina_

Aktyor Aziz Umrzoqov Zarina ismli tibbiyot xodimasi bo‘lgan qiz bilan oila qurgan. Hozirda ularning Usmon va Mustafo ismli o‘g‘illari bor.

— Ayolimni ilk bor “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasida ko‘rganman. O‘shanda u o‘zi o‘qiydigan oliygohning jamoasidan ishtirok etgandi. Hay’at raisi sifatida uning jamoasiga past ball qo‘ygandim. Keyin Zo‘r TV’dagi ko‘rsatuvda uchratib qoldim. Avvaliga do‘stona gaplashdim, keyin 4 yilda munosabatlarimiz jiddiylashdi. Ammo u paytda uylanishga sharoitim yo‘q edi. Unga sharoitim yo‘qligini tushuntirdim, Zarina o‘ylab turib agar rozi bo‘lsangiz, birgalikda harakat qilamiz, dedi. U bilan kreditga pul olib, oila qurdik, to‘y kuni belgilangandan keyin imtiyozli uy oldik. Xullas, ayolimning qadami qutlug‘ keldi, — deydi aktyor Aziz Umrzoqov.

Dilnoza Umurzoqova

Foto: Instagram / @ jamshid.umirzoqov

Teleboshlovchi Jamshid Umurzoqov kursdoshi Dilnoza bilan oila qurgan. Hozirgi kunda ularning Soliha, Samira va Oisha ismli qizlari bor. Asli mutaxassisligi xalqaro jurnalistika bo‘lgan Dilnoza Umurzoqova hozirgi kunda O‘zbekistondagi mashhur dizaynerlardan biri hisoblanadi.

— Ayolim bilan bir universitetda o‘qiganmiz. Men ispan tilini, u ingliz tilini o‘rganardi. Bir kuni yonimga kelib, bir so‘zning tarjimasini so‘ragan. So‘zning tarjimasi sabab bir-birimiz bilan tanishib qolganmiz. Ammo institutni bitirgunga qadar unga munosabatimni bildirmaganman. 2009-yili oila qurdik, — deydi oliy toifali suxandon Jamshid Umurzoqov.

Dilnoza Ahrorova

Foto: Instagram / @dilnozka_axrorova

Yaqin kunlarga qadar ko‘pchilik aktyor Azamat Ahrorovni bo‘ydoq deb bilardi. Ammo “Lola gulim” filmining premyerasida u Dilnoza ismli qiz bilan oila qurgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda ularning Safiya va Azizmuhammad ismli farzandlari bor.

— Biz syomkada tanishganmiz. Tanishuvimizga 6 yil avval suratga olingan “Lola gulim” filmi sabab bo‘lgan. Bu film 2021-yilning so‘ngida premyera qilindi, uni uzoq vaqt kutdik, — deydi Dilnoza Ahrorova.

Shahlo Umarova

Foto: “Daryo”

Aziz Rametov va Shahlo Umarovaning nikohini yilning eng shov-shuvli to‘ylaridan biri bo‘ldi, deyish mumkin. Nafaqat aktyorning, balki Shahlo Umarovaning hurmati yuzasidan ham ko‘plab san’at vakillari to‘yga tashrif buyurishdi.

— Shahlo bilan Instagram’ga joylanadigan reklama sabab tanishib qolganmiz. U Nastarin Collection brendiga asos solgan. Xullas, uning reklama puli men uchun barakali keldi. Bir-ikki marta gaplashganimizdan keyin onam ham u qizni maqtay ketdi. Keyin uylanish haqida gap ochdim, — deydi aktyor Aziz Rametov.

Mohinur Uzoqova

Foto: Instagram

Mashhur aktyor Alisher Uzoqov Mohinur ismli qiz bilan oila qurgan. Hozirda ularning ikki nafar farzandlari bor. Mohinur Uzoqova maktabgacha ta’lim muassasasida logoped bo‘lib ishlaydi.

Mavzuga doir: