Apple va dizayner Joni Ayv o‘rtasidagi shartnomasi ikki tomonlama bekor qilindi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda

Foto: The New York Times

Nufuzli dizayn rahbari Joni Ayv 2019-yilda kompaniyani tark etganida, bosh ijrochi direktor Tim Kuk mijozlarni dunyoga shirin rangli kompyuterlar sovg‘a qilgan janob Ayv kompaniya bilan ko‘p yillar hamkorlik qilishiga ishontirgan edi.

iPhone ishlab chiqaruvchisi va Joni Ayv o‘rtasida tuzilgan shartnoma ikkala tomon roziligiga ko‘ra tugatildi. 

Dizayner kompaniyada 30 yildan beri faoliyat olib borayotgan edi. So‘nggi yillarda u Apple Watch dizayni bilan shug‘ullangan. 

2019-yilda janob Ayv o‘zining LoveFrom dizayn firmasini ochish uchun Apple’ni tark etganida Apple kompaniyasi u bilan qiymati 100 mln dollardan ortiq bo‘lgan ko‘p yillik shartnoma imzolagan edi. 

Aytilishicha, kelishuv Joni Ayvni Apple raqobatbardosh deb topgan ishni bajarishini cheklab qo‘ygan. 

So‘nggi haftalarda shartnoma yangilanishi kutilayotganligi sababli tomonlar uni uzaytirmaslikka kelishib oldi. 

Apple kompaniyasining ba’zi rahbarlari kompaniyaning bir necha dizaynerlari janob Ayvning firmasiga qo‘shilish uchun ishdan ketganidan keyin hafsalasi pir bo‘lgan. 

2019-yil iyun oyida Apple’ni tark etishdan oldin janob Ayv kompaniya bilan yaxshi munosabatda bo‘lmagan.

Ayv bilan yaqindan hamkorlik qilgan o‘ndan ortiq odamning fikricha, Apple’ning ayni vaqtdagi rahbari Tim Kuk tobora dizayndan ko‘ra operatsiyalarga ko‘proq e’tibor qarata boshlagan. 

Joni Ayv 1992-yilda Apple’ga ishga kirgan va dizayn jamoasini boshqarishgacha ko‘tarilgan. 

1997-yilda Stiv Jobs janob Ayvning jamoasiga iMac dizaynini topshirganida kompaniya bankrotlik yoqasida edi.

Lampochkali, shaffof kompyuter o‘sha paytda tarixdagi eng tez sotilgan ish stoliga aylandi. Bu Apple biznesini tikladi va janob Ayvni Stiv Jobsning eng yaqin hamkoriga aylantirdi.

U shunchaki dizayner emas. Ayv mendan tashqari Apple’dagi hammadan ko‘ra ko‘proq operatsion kuchga ega, — degan edi Stiv Jobs.

2011-yilda Jobs saraton kasalligidan vafot etganidan so‘ng, Joni Ayv Apple Watch’ning rivojlanishiga boshchilik qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Apple Watch’ni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan konsensusni yaratishdan charchagan dizayner 2015-yildayoq kompaniyadan ketmoqchi bo‘lgan.