Yaponiyaning Itoki mebel kompaniyasi ish paytida qulayroq uxlash uchun tik holdagi kapsulalar haqida ma’lumot berdi.

Foto: Bloomberg

Ma’lum bo‘lishicha odamlar vertikal Nap Box kapsulalarida, xuddi flamingo kabi tik holatda uxlashlari mumkin bo‘ladi. 

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, bosh, tizza va orqa uchun qulay maxsus dizayn tufayli odamlar eng qisqa vaqt ichida qulay dam olish va shu bilan birga yiqilmaslik imkoniga ega bo‘ladi.

Uyqu kapsulasini ishlab chiquvchilar, ularning ixtirosi ko‘pincha ortiqcha ishlayotgan yapon ishchilariga tanaffuslarda yaxshiroq dam olishga yordam beradi, deb hisoblamoqda.

Ishlab chiqaruvchilar hali ham Nap Box’ning yakuniy dizayni ustida ishlamoqda, shuning uchun uyqu kapsulalarining narxi hali ham noma’lum.

Yaponiyada ish joyida uxlash amaliyoti keng tarqalgan va bu inumeri deb ataladi.

Yapon urf-odatlariga ko‘ra, inemuri faqat jamiyat tomonidan rag‘batlantiriladi, chunki u ko‘p ishlaydigan odamning oz uxlayotganini ko‘rsatadi.