Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 34,1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 125 ta elektromobil import qilgan.

Foto: ”Daryo” / Madina Nurman

Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 875 taga yoki 4,5 barobarga oshgan.

2022-yilning 6 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy – 983 ta;
  • BAA – 73 ta;
  • Germaniya – 27 ta;
  • Gonkong – 25 ta;
  • Koreya – 6 ta;
  • Litva – 6 ta;
  • Estoniya – 2 ta.