2022-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 395,9 million dollarga teng bo‘lgan avtomobil import qilgan. Bu haqda “Daryo”ga Davlat statistika qo‘mitasi hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Natijada 5 oydan buyon avtomobillar importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar oshgan.

Shu bilan birga, iyun oyida mashina importi hajmi oshib, 75,4 million dollarga yetgan.

Taqqoslash uchun, yanvarda avtomobillar importi 65,7 million, fevralda 58,8 million, martda 64,8 million dollar, aprelda 91,1 mln va mayda 40,1 mln dollarni tashkil qilgan.

Yil boshidan beri O‘zbekiston avtomobil eksporti hajmi 149,9 mln dollarni tashkil etdi.

Shunday qilib, 6 oy yakuni bo‘yicha avtomobil importi eksportdan 246 million dollar — 2,6 martaga oshgan.

Shu tariqa, O‘zbekiston avtomobillarni sotishdan ko‘ra ko‘proq sotib olishda davom etmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda iyun oyida avtomobil ishlab chiqarish qanday bo‘lgani haqida xabar berilgandi.