Shaki — Ozarbayjon shimoli-g‘arbidagi shahar bo‘lib, atrofi shu nomdagi tuman bilan o‘ralgan. U Katta Kavkaz tog‘ tizmasining janubiy qismida, Bokudan 240 km uzoqlikda joylashgan. Shahar markazi va Shaki xonlari saroyi o‘zining betakror me’morchiligi va Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab muhim savdo markazi bo‘lganligi tufayli 2019-yilda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. “Daryo” fotomuxbiri Dilruh Isomiddinova Ozarbayjonning ushbu qadim o‘lkasida ham bo‘lib, asosan portret tasvirlaridan iborat fotogalereya tayyorladi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ozarbayjon tarixchilarining fikriga ko‘ra, shaharning nomi miloddan avvalgi VII asrda hozirgi Ozarbayjon hududiga kirib kelib, bir necha asr davomida u yerda yashagan saklar (!) etnonimiga borib taqaladi. O‘rta asr manbalarida nomi Sheke, Sheki, Shaka, Shakki, Shakne, Shaken, Shakkan, Shekin kabi turli shakllarda uchraydigan shahar 1968-yilning 15-fevraliga qadar Nuxa nomi bilan atalgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Shaki miloddan avvalgi VIII asrda tashkil etilgan. I asrda Kavkaz Albaniyasining eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan. Shaki podsholigi 11 ma’muriy viloyatga bo‘lingan. Arablar istilosidan oldin muhim siyosiy va iqtisodiy shaharlardan biri bo‘lgan Shaki bosqin natijasida uchinchi amirlikka qo‘shildi. Arab xalifaligi zaiflashgan davrda mustaqil Gruziya knyazligi – Hereti tashkil topdi. Shahar, shuningdek, Ozarbayjon otabeglari va Xorazm imperiyasi tomonidan ham boshqarilgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Shaharda ko‘plab cherkov va masjidlar mavjud. Sharqdagi ilk ibodatxonalardan bo‘lgan Kish Alban cherkovi kabi ba’zi ibodatxonalarning yoshi taxminan 1500 yil deyiladi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Kürmük Kilsə alban ibodatxonasi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Xon masjidi, Umar afandi masjidi va Gileyli minora shahardagi muhim ziyoratgohlardan sanaladi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Shaharning markaziy va asosiy ochiq shahar maydonlarida ikkita sovet minorasi hukmronlik qiladi. Shakidagi ko‘plab jamoat joylari va xususiy uylar yelimsiz yoki birorta ham mixsiz bir-biriga yopishtirilgan rangli shisha bo‘laklaridan yasalgan yog‘och panjarali “shebeke” bilan bezatilgan. Ushbu texnika murakkab va faqat bir nechta hunarmandlarga ma’lum bo‘lib, ular bu nozik hunarmandchilik sirlarini avloddan avlodga o‘tkazadilar.

Shebeke.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Shaki xonlari saroyi hanuzgacha shaharning eng ko‘zga ko‘ringan, diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lib qolmoqda. 1762-yilda birorta ham mix ishlatmay qurilgan bu saroy o‘z davrining eng ajoyib yodgorliklaridan biridir.

Shaki Xon saroyi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Shaki Xonlari saroyining derazalari shebekedan iborat.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Shaki qal’asi Hoji Chelebixon tomonidan Kavkazning janubiy etaklaridagi Nuxa qishlog‘i yaqinida qurilgan. Qal’a devorlari uzunligi 1200 metrga yaqin, qalinligi ikki metrdan oshadi. Ko‘p yillar davomida shaharni himoya qilgan qal’a askarlarining dushmanga qarshi kurashda ko‘rsatgan jasoratlari ko‘plab tarix kitoblarida bitilgan. Lev Tolstoyning mashhur “Hojimurod” romanida voqea joyi sifatida Shaki qal’asi tanlangan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

XVIII asrdan boshlab Shakida beshta yirik karvonsaroy (Isfaxon, Tabriz, Lazgi, Ermeni va Taze) faoliyat ko‘rsatgan, ammo ulardan faqat ikkitasi saqlanib qolgan. Yuqori va quyi karvonsaroylar ham XVIII asrda qurilgan bo‘lib, savdogarlar o‘z mollarini yerto‘lalarda saqlab, birinchi qavatda savdo qilgan, ikkinchi qavatda esa yashagan.

Yuqori karvonsaroy.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Yuqori Karvonsaroy.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova