Ijtimoiy tarmoqlarda “Bek Baraka” bozori atrofidagi do‘konlarda katta yong‘in bo‘layotgani aytilgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qayd etilishicha, 26-iyul kuni soat 16:05 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Eshonguzar qo‘rg‘oni Toshkent halqa avtomobil yo‘li chetida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:13 da voqea joyiga yetib borgan, transformator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr tarmog‘idan uzilgandan so‘ng yong‘in soat 16:21 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in sabab yon-atrofdagi bino inshootlarga zarar yetmagan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.