Olimlar Tinch okeanining tubida o‘nlab yangi turlar, asosan dengiz bodringlarini kashf qildi. Tadqiqotchilar, shuningdek, ko‘poyoq, meduza va har xil turdagi marjonlarning qarindoshlarini topdi.

Yaqinda kashf etilgan dengiz bodringining bir turi

Foto: DeepCCZ

Buyuk Britaniyadagi Tabiiy tarix muzeyi tadqiqotchilari birinchi marta masofadan boshqariladigan transport vositasi yordamida Tinch okeanining markaziy qismidan namunalar yig‘di – topilgan 55 ta namunadan 48 tasi har xil turlarga tegishli. Ilgari bu hududdagi mavjudotlar faqat fotosuratlar asosida o‘rganilar edi.

Psychropotes verrucicaudatus — dengiz bodringi

Foto: DeepCCZ

Topilgan jonzotlar orasida, xususan, segmentlangan chuvalchanglar, ko‘poyoqlilar oilasiga kiruvchi umurtqasizlar, meduzalar oilasiga yaqin dengiz hayvonlari va turli xil marjonlar bor. 36 ta namuna 4,8 ming metrdan ortiq chuqurlikdan, ikkitasi 4,1 ming metr chuqurlikdagi suvosti tog‘ining yonbag‘ridan, 17 tasi esa 3—3,5 ming metr chuqurlikdan topilgan.

Ushbu tadqiqot nafaqat potensial yangi turlarning kashf etilgani, balki ushbu megafauna namunalari ilgari faqat dengiz tubi tasvirlaridan o‘rganilgani sababli ham muhimdir. Namunalar va ulardagi DNK ma’lumotlarisiz biz hayvonlarni to‘g‘ri identifikatsiyalay olmaymiz va qancha tur mavjudligini tushuna olmaymiz”, — dedi tadqiqotning yetakchi muallifi doktor Guadalupe Bribeska-Kontreras.

Peniagone vitrea — dengiz bodringining bir turi

Foto: DeepCCZ

Hali identifikatsiya qilinmagan tur

Foto: DeepCCZ

Psychronaetes — dengiz bodringi

Foto: DeepCCZ

Kamptosoma abyssale — dengiz kirpisining bir turi.

Foto: DeepCCZ

Hyalonema — dengiz bulutchasi.

Foto: DeepCCZ

Freyastera tuberculata — dengiz yulduzi.

Foto: DeepCCZ