Bosh prokuratura tomonidan Madaniy meros agentligi mutaxassislari ishtirokida Samarqand viloyati o‘lkashunoslik muzeyi bino-inshootlarida (sobiq Kalontarov uyi) o‘rganish ishlari olib borildi. Unda muzey tarixiy binosida texnik o‘zgarishlar hosil bo‘lib, peshtoqi yorilgani aniqlandi.

Muzeyning avvalgi holati

Foto: Madaniy meros agentligi

Muzeyning hozirgi holati

Foto: Madaniy meros agentligi

O‘rganishlar davomida oqova suvlari chiqishiga mo‘ljallangan ariqlar ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani sababli yomg‘ir suvlari muzey hovlisida uzoq vaqt turib qolishi hamda muzey tarixiy binosida texnik o‘zgarishlar hosil bo‘lib, peshtoqi yorilgani aniqlangan. Kamchiliklar tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda har tomonlama o‘rganilib, oqova suv bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • muzey hovlisida 210 metr oqova suv ariqlari tozalanib, shundan 60 metr qismi qayta ta’mirlandi;
  • oqova suv ariqlariga o‘lchami 150 santimetr bo‘lgan 15 metrli yangi suv quvurlari va 45 metrli suv lotoklari o‘rnatilib, markaziy oqova suv tarmog‘iga ulandi;
  • ariqlarning yo‘laklar bilan tutashgan joylari 10 metr beton plitalar bilan qoplandi.

Muzeyning avvalgi holati

Foto: Madaniy meros agentligi

Muzeyning hozirgi holati

Foto: Madaniy meros agentligi

Shuningdek, muzey binosi peshtoqining 4 kvadrat metr qismidagi yorilgan g‘ishtlar orasi maxsus qorishma bilan to‘ldirilib, binoning asl holatiga zarar yetkazmagan holda ta’mirlandi. Tarixiy binoning asl holatini saqlash maqsadida peshtoqdagi ravoqning ko‘chib tushgan qismi ganchkor ustalar tomonidan asl holatda tiklanib, restavratsiya qilindi. Bundan tashqari, muzeyning hovlisi obodonlashtirilib, 76 tup daraxt oqlandi, qurigan shoxlari kesilib, shakl berildi hamda yordamchi binolar fasad qismi ta’mirlandi.

Muzeyning avvalgi holati

Foto: Madaniy meros agentligi

Muzeyning hozirgi holati

Foto: Madaniy meros agentligi

Ma’lumot uchun, muzey italiyalik arxitektor Y.Nelli loyihasi asosida XX asr me’morchiligining eklektik uslubida 1902—1916-yillar davomida savdogar Abraam Isakovich Kalontarovning shaxsiy mablag‘lari hisobidan qurilgan.