Samarqanddan Kushonlar davriga oid 5 dona qadimiy tangani olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi

Unga ko‘ra, Samarqand—Vnukovo yo‘nalishidagi aviareys bilan xorijga ketayotgan fuqaro A.A.ning bagaj sumkasi rentgen apparati yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi

Natijada fuqaroning bagaj sumkasidan Kushonlar davriga oid 5 dona qadimiy tanga, 3 dona tarozi kalibrovkasini o‘lchaydigan qadimiy metall hamda 1 donadan 7,62 kalibrli gilza va otilgan o‘q qoldig‘i borligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi

Ma’lumot uchun, ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin emas.