Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Sevara Nazarxon sahifasiga ot bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Bunyodbek Saidov Musulmonlar idorasi muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov bilan uchrashib qoldi. Xonanda shunday ulug‘ insonning duosini olish nasib etganini ma’lum qildi.

Qilichbek Madaliyev Odil Ahmedov bilan tasodifan uchrashib qolganini aytdi va u bilan tushgan suratini obunachilariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Zarina Nizomiddinova Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida oilasi bilan dam olayotganini muxlislariga ko‘rsatdi.

Shahlo Ahmedova yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Xonanda Gulsanam Mamazoitovaning fan-akkauntiga to‘y xizmatlarida qo‘shiq kuylagani aks etgan video joylashtirildi.

Malika Ravshanova yangi uyiga ko‘chayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Xonanda narsalarining juda ko‘pligini aytgan.

Opera xonandasi Milena Madmusayeva oilasi bilan tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Instabloger Erali Instagram’dagi kuzatuvchilari soni 1 milliondan oshganini nishonladi.

Yulduz Usmonova poytaxtdagi Basri Baba restoranining yangi filiali ochilish marosimida o‘zbek shou-biznesidagi yaqin insonlari — Halimaxon, xonanda Malik bilan ishtirok etdi.

Aktrisa Halimaxon Basri Baba restoranining 3 yillik yubileyida Yulduz Usmonova bilan tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Xonanda Ziyoda bir necha yildan beri unga ishlayotgan administratorini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga sovg‘a berdi.

Munisa Rizayeva to‘y xizmatlarining birida xit taronasini kuylayotgani aks etgan videoni muxlislari bilan bo‘lishdi.

DJ Piligrim Ispaniyadagi Barseloneta plyajida tushgan yangi suratini namoyish qildi.

Foto: Instagram

Qiziqchi, aktyor Shukurullo Isroilov yangi reklama roligida suratga tushish uchun butunlay o‘zgacha obrazga kirdi.

Xonanda Hamdam Sobirov vayner, instabloger Erali bilan “Maktabimda” nomli xit taronasini ijro etdi.

Aktrisa Bahora Arslonova tez kunlarda yangi ko‘rsatuvda boshlovchilik qilishini ma’lum qildi va muxlislaridan yangi ko‘rsatuvdagi boshlovchilik uchun qanday ko‘ylak tanlashini so‘radi.

Foto: Instagram

Turkiyada saraton kasalligidan davolanayotgan, ilk marta buvi bo‘lish arafasida turgan aktrisa Ra’no Shodiyeva bo‘lg‘usi nevarasiga aravacha xarid qilayotgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Aktrisa Odinaxon To‘xtasinova yangi suratini namoyish qildi va muxlislariga baxtni topish uchun avvalo o‘zlikni topish kerakligini aytdi.

Foto: Instagram

Mavzuga doir: