Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Shahzoda sahifasiga yangi suratini joyladi va muxlislariga har bir kunning bebaho, takrorlanmas ekani haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Malika Ravshanova Shayx Sayyid Rahmatulloh Termiziyning qo‘shnisinikida xizmatda bo‘ldi va uning rafiqasi Maryam Mahmudova bilan uchrashdi. Xonanda Maryam Mahmudovani juda yaxshi ko‘rishini va u hayotining o‘zgarishiga sababchi bo‘lgan insonlardan biri ekanini aytdi.

Aktyor, rejissor Javlon Shodmonov oilasi bilan ovqatlangani aks etgan suratni sahifasiga joyladi va turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Hosila Rahimova Botir Imomxo‘jayev ijodiy jamoasi bilan Farg‘onaga to‘y xizmatiga bordi. Ular to‘y xizmatidan keyin xonanda Yahyobek Mo‘minovning xonadonida mehmon bo‘ldi. Hosila Rahimova xonanda bilan 20 yildan beri do‘st ekanini aytdi. Yahyobek Mo‘minov hamkasblarining mehmonga kelganidan xursand bo‘lganini aytgan va ularga sovg‘a bergan.

Umidaxon ilon haykali bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi va ulardan rasmga nom berishini so‘radi.

Foto: Instagram

Xonanda Rayhon turmush o‘rtog‘i va egizak o‘g‘illari bilan Turkiyaning Istanbul shahriga uchib ketayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Zarina Nizomiddinova oilasi bilan dam olayotgan joy — Issiqko‘lning juda chiroyli ekanini, havosi toza, biroq salqinroq bo‘lishini, bu yerni ko‘rib Orol dengizini yodga olgani haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Xonanda Kaniza Andjonda muxlislari uchun konsert berdi.

Bollivud yulduzi Ritik Roshan yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

El ardog‘idagi aktyor Uchqun Tillayev o‘g‘li Turg‘unbekni uylantirdi. Aktyorning teatrdagi hamkasblari aktrisalar — Ra’no Yarasheva va Zuhra Ashurova Uchqun Tillayevning farzandiga baxt tilagan.

Imron yaqinda Haj safaridan kelgan onasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va barcha Haj safariga borgan insonlarning ziyorati qabul bo‘lishini tiladi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva yangi mashinasini ilk marotaba ko‘rgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i ota-onasini Umra safariga yubordi. Aktrisa ularni kuzatishga chiqqani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva qizi Sa’diya bilan hamkasbi va yaqin dugonasi Shahzoda Muhammedovanikiga mehmonga bordi.

Sitora Alimjonova sahifasiga farzandi bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

“Havas” guruhining eng kichik a’zosi Robiyaxon Billi Aylishning “Lovely” qo‘shig‘ini cover yo‘nalishida ijro etdi.

Yigitali Mamajonov bilan ajrashgan Muqaddas Sa’dullayeva baxtli ekanini aytdi va a’lo kayfiyatdagi videosini muxlislariga namoyish qildi.

Turkiyaning mashhur aktrisalaridan biri Berguzar Korel turmush o‘rtog‘i, “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Xalit Ergench bilan tushgan suratini obunachilariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Xonanda Jahongir Otajonov Istanbul shahridagi ofisi oldidan uning shaxsiy avtomobili o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qildi.

Zohirshoh Jo‘rayev tug‘ilgan kunida sahifasiga otasi — Sherali Jo‘rayev bilan tushgan arxiv suratini joyladi va havas qilsa arzigulik oilada voyaga yetganini, baxt nima deb berilgan savolga javob topganini, san’atsevar xalqning farzandi ekanidan faxrlanishini aytgan.

Foto: Instagram

Lola farzandlari bilan yaxshi kayfiyatda kuni boshlangani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Mavzuga doir: