Sony kompaniyasi Backbone o‘yin aksessuarlari ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda yaratilgan iPhone smartfonlari uchun geympad “Backbone One – PlayStation Edition”ni taqdim etdi.

Foto: The Verge

U PS Vita konsoli va PlayStation 5 uchun xususiy DualSense joystigi uslubida ishlab chiqarilgan. Biroq ayni paytda raqobatdosh Xbox konsolining geypadi kabi boshqaruv elementlarining joylashuviga ega.

Geympad standart Lightning ulagichi orqali ulangan zamonaviy iPhone’larning barcha modelini bilan ishlaydi.

U Apple Arcade, Xbox Game Pass va Stadia’dan ham mobil, ham konsol o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Aksessuar allaqachon 100 dollardan sotilmoqda.

2022-yilning kuzida Backbone Android smartfonlariga mos geympad chiqarishga tayyorlanmoqda.