“E-auksion” portalida kimoshdi savdosiga qo‘yilgan avtomobillar haqida ham ma’lumotlar berib boriladi.

Foto: E-auksion

“Daryo” ular orasidan eng qimmat va eng arzon mashinalar haqida ma’lumot yig‘di.

Auksionga qo‘yilgan 10 ta eng qimmat avtomobillar:

2019-yilda ishlab chiqarilgan qora rangli Range Rover. Boshlang‘ich bahosi — 2,5 mlrd so‘m. Auksion 11-avgustda bo‘lib o‘tadi.

2008-yilda chiqqan kulrang Lexus LX 570 — 545 mln so‘m. Auksion 18-avgustga rejalashtirilgan.

2019-yil chiqqan oq Toyota Camry — 517 mln so‘m. Auksion 25-avgustda o‘tkaziladi.

2006-yilda chiqqan kulrang BMW 730 I — 456,5 mln so‘m. Auksion 8-avgustda bo‘lib o‘tadi.

2007-yilda chiqqan qora Audi A6 — 411,5 mln so‘m. Auksion 8-avgustgarejalashtirilgan.

Foto: E-auksion

2009-yilda chiqqan qora Mercedes-Benz S350 — 380,5 mln so‘m. Auksion 17-avgustda o‘tkaziladi.

2018-yilda chiqqan oq Captiva 2 — 345,4 mln so‘m. Auksion 11-avgustda bo‘lib o‘tadi.

2020-yilda chiqqan kulrang Isuzu D Max Irbis — 335 mln so‘m. Auksion 22-avgustga rejalashtirilgan.

2008-yilda chiqqan qora BMW X6 — 321,7 mln so‘m. Auksion 25-avgustda o‘tkaziladi.

Foto: E-auksion

Kimoshdi savdosidagi eng arzon 10 ta avtomobil:

1988-yilda ishlab chiqarilgan qizil “Moskvich” — >1,3 mln so‘m. Auksion 8-avgustga rejalashtirilgan.

2003-yilda chiqqan kulrang Tico — 2,1 mln so‘m. Auksion 22-avgustda bo‘lib o‘tadi.

2004-yilda chiqqan oq “VAZ 2106” — 2,2 mln so‘m. Auksion 5-avgustda o‘tkaziladi.

2004-yilda chiqqan ko‘k “VAZ 2106” — 2,2 mln so‘m. Auksion 5-avgustga rejalashtirilgan.

Foto: E-auksion

1978-yilda chiqqan “VAZ 2101” — 3 mln so‘m. Auksion 18-avgustda o‘tkaziladi.

2000-yilda chiqqan kulrang Tico — 3,1 mln so‘m. Auksion 17-avgustda bo‘lib o‘tadi.

1991-yilda chiqqan qora “VAZ 2411” — 4,3 mln so‘m. Auksion 5-avgustga rejalashtirilgan.

Foto: E-auksion

2001-yilda chiqqan siyohrang “IJ-2717” — 4,5 mln so‘m. Auksion 22-avgustda bo‘lib o‘tadi.

Oq “GAZ-2410” — 4,6 mln so‘m. Auksion 17-avgustda o‘tkaziladi.

2009-yilda chiqqan oq Matiz Best — 4,9 mln so‘m. Auksion 25-avgustga rejalashtirilgan.