Yaponiyaning Fujitsu kompaniyasi 13,3 dyuymli Full HD displeyli, og‘irligi bor-yo‘g‘i 634 gramm bo‘lgan Lifebook WU-X/G2 noutbukini taqdim qildi. Bu haqda Aroged portali xabar bermoqda.

Foto: Fujitsu

Ishlab chiqaruvchining fikricha, bu dunyodagi eng yengil noutbuk.

Noutbukning ishlashi uchun Intel Core i5-1235U yoki i7-1255U protsessori javobgar, Intel Iris Xe esa grafik protsessor vazifasini bajaradi.

Fujitsu Lifebook’ning operativ xotirasi 32 Gb gacha, ichki xotirasi esa 256 Gb dan 2 TB gacha ko‘tarilishi mumkin. 

Shuningdek unda Bluetooth 5.1 va Wi-Fi 6 simsiz modullari, SD-karta uyasi va foydalanuvchilarni himoya qilish uchun yopilgan veb-kamera mavjudligi aytilmoqda.

Noutbukning quvvati 25 Vt/soatlik batareya bilan ta’minlanadi. Laptop operatsion tizim sifatida Windows 11 dan foydalanadi.

Fujitsu Lifebook WU-X/G2 asosiy modelining narxi 1,3 ming dollardan boshlanadi.