Ukraina harbiy texnika va qurollarni maktab va kasalxonalarga joylashtirish orqali urush qonunlarini buzmoqda hamda bu harakatlari bilan tinch aholi hayotini xavf ostiga qo‘ygan. Bu haqda Amnesty International (Xalqaro Amnestiya inson huquqlari tashkiloti)ning 4-avgust kungi hisobotida ma’lum qilindi.

Foto: “Russian.rt.com”

Ukraina Qurolli kuchlari tinch aholini xavf ostiga qo‘ygani va odamlar gavjum joylarda harakat qilgani sabab urush qonunlarini buzganini hujjatlashtirdik, — degan Amnesty International tashkiloti bosh kotibi Agnes Kallamard.

Hisobotda qayd etilishicha, huquq faollari Ukrainaning 19 ta shahar va aholi punktlarida, jumladan, Donbass, Xarkov va Nikolayev viloyatlarining turar joy binolaridan UAF zarbalari va ularning fuqarolik infratuzilmasi obyektlari hududiga qurol-yarog‘ joylashtirilishi holatlarini qayd etgan.

Shu bilan birgalikda, Ukraina harbiy qo‘mondonligi Rossiya Qurolli kuchlarining ehtimoliy javob zarbasi natijasida yo‘qotishlarni minimallashtirish uchun qo‘shni binolardan aholini evakuatsiya qilmagan.

Amnesty International ekspertlari, xususan, Ukrainaning janubi-sharqiy viloyatlaridagi 29 ta maktabdan 22 tasida Ukraina Qurolli kuchlarining shaxsiy tarkibi yoki Ukraina harbiy texnikasi va qurollari joylashgan degan xulosaga keldi. 

Ta’kidlanishicha, masalan, Odessada ukrainalik harbiylar zirhli texnikalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri, zich joylashgan aholi punktlariga to‘plagan. Baxmutda esa universitet binosidan harbiy baza sifatida foydalanilgan.

24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining yordam so‘rab qilgan murojaatiga javoban Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng AQSH, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, shuningdek, bir qator boshqa davlatlar Rossiya Federatsiyasiga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar kiritdi va Ukraina hukumatiga qurol-yarog‘ yetkazib berishni amalga oshirgan.

Mavzuga doir: Britaniya Julian Assanjni AQSHga ekstraditsiya qiladi