Farg‘ona viloyatida 2022-yilning 6 oyi davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 4 157 ta holat aniqlangan.

“Mening yurtim” telekanalining “Hudud” informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, mazkur holatlar uchun 13 milliard 935 million so‘m miqdorida qayta hisob-kitob qilingan.

Shundan aholi iste’molchilari tomonidan 2 875 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan, ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 3 milliard 374,1 million so‘m qayta hisob-kitob qilingan.

Bundan tashqari, ulgurji iste’molchilar tomonidan 1 282 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 10 milliard 560,9 million so‘mga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Eng ko‘p noqonuniy holatlar Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari, Buvayda, Toshloq hamda Quva tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.