Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Korzinka” do‘konida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 4-avgust kuni soat 16:32 da tumanning “Podishohbog‘” mahallasi Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “Korzinka” savdo majmuasida yong‘in ro‘y bergani haqida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:37 da voqea joyiga yetib borgan.

Ma’lum bo‘lishicha, savdo majmuasi ichida bo‘lgan non pishirish pechida elektr simlarining qisqa tutashuvi yuzaga kelgan. Hodisa oqibatida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Vaziyat oqibatlari qutqaruvchilar tomonidan soat 16:42 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.