Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Zohirshoh Jo‘rayev Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi.
Foto: Instagram
Aktrisa Zarina Nizomiddinova Qirg‘izistonning Issiqko‘l dam olish maskanidan muxlislariga salom yo‘lladi.
Bahora Arslonova sahifasiga yangi suratini joyladi va hayot ham bir sahna ekani haqida aytdi.
Foto: Instagram
Mahoratli raqqosa Parizoda turmush o‘rtog‘i uning administratori ekani, katta tadbirlarda u bilan birga ishtirok etishini, bundan tashqari tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, tuyaqush firmasi borligini aytdi. Raqqosa turmush o‘rtog‘ining yaqinlari ham uni qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidlagan.
Aktrisa Dilnoza Kubayeva hamkasbi, ko‘plab filmlardagi partnyori Ulug‘bek Qodirovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Foto: Instagram
Millionlab muxlislarga ega xonanda Munisa Rizayeva “Armon” nomli taronasini rus tilida kuyladi.
Bundan tashqari, u kechasi soat 3:00 da eshigini taqillatayotgan muxlislaridan shikoyat qildi va uni ko‘rishni istaganlar konsertiga kelishini aytdi.
Bollivudning mashhur aktrisalaridan biri Katrina Kaif yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Foto: Instagram
Aktyor Alisher Uzoqov yangi ko‘rinishini muxlislariga ko‘rsatdi va havo salqinlashib qolgani haqida gapirdi.
Rayhon turmush o‘rtog‘i bilan Turkiyada tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Foto: Instagram
Turkiyada saratondan davolanayotgan aktrisa Ra’no Shodiyeva muxlislariga uning dorilari chet davlatlaridan olib kelinishini aytdi va muzlatkichda turgan dorilarini ko‘rsatdi.
Xonanda Muzaffar Abduazimov onasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Foto: Instagram
Valijon Shamsiyevning jajji muxlisi unga atab she’r aytib berdi.
Turkiyaning millionlab muxlislarga ega aktyori Burak O‘zchivit baliq ovlayotgani aks etgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Foto: Instagram
Aktrisa Luiza Rasulova to‘y xizmatlarining birida raqsga tushgan videosini e’lon qildi.
Luiza Rasulova yangi suratini muxlislariga namoyish qildi.
Foto: Instagram
Mavzuga doir:
- Instagram: Durdona Qurbonova yangi mashina xarid qildi, Munisa Rizayeva ovqat tayyorlashni o’rganmoqda, otasining qo‘shig‘ini kuylagan Farangiz Xoliqova
- Instagram: “Aristokrat”chi Obidjon Nasriddinov uylandi, Java’ning mashhur qo‘shig‘i o‘g‘irlanganmidi? Nilufar Usmonova xonadonida bayram
- Instagram: O‘g‘lini uylantirgan Uchqun Tillayev, mashinasi o‘g‘irlangan Jahongir Otajonov, yaqinlarini Umraga jo‘natgan Shahzoda Muhammedova
- Instagram: Malika Ravshanova yangi hovliga ko‘chyapti, Zarina Nizomiddinova erining yurtida, 1 mln kuzatuvchiga ega bo‘lgan Erali