Namangan shahrining Amir Temur ko‘chasida joylashgan binoda 4-avgust kuni yong‘in yuz berdi.

Foto: Namangan viloyati FVB mabuot xizmati

Viloyat FVB mabuot xizmatining ma’lum qilishicha, xususiy tadbirkorga qarashli ushbu binoda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar soat 01:07 da kelib tushgan va o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga borib yong‘inni bartaraf etgan.

Hodisa oqibatida kuyib tan jaroxati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.