Mashhurlarning hayot yo‘li bilan tanishib chiqish asnosida bir narsa ma’lum bo‘ldiki, aksariyat yulduzlarning imkoniyatini to‘g‘ri baholay olishmagan. Hattoki ulardan hech qachon aktyor, aktrisa yoki xonanda chiqmasligiga ishonch ham bildirishgan. Ammo mehnat, mashaqqat va qat’iyatni birlashtira olganlargina jahon tan olgan mashhur insonlarga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. The Voice Mag nashri ularning ajoyib hikoyasi bilan bo‘lishdi.

Keyt Uinslet

Foto: The Voice Mag

14 yashar bo‘lajak yulduzning murabbiyi unga eng yaxshi holatda ham faqatgina ortiqcha vaznli qizlar rolini o‘ynay olishini ma’lum qilgan.

Spice Girls guruhi

Foto: The Voice Mag

Prodyuser Saymon Kouell 90-yillarning boshlarida musiqa tarixidagi eng mashhur ingliz pop-guruhlaridan birining tinglovini rad etdi. Viktoriya Bekhem ularga qat’iy ravishda hech qachon chiqish qila olmasligini aytganini yaxshi eslaydi.

Vaynona Rayder

Foto: The Voice Mag

Birinchi kastinglardayoq rejissorlarning biri uni chetga olib, unga hech qachon aktrisa bo‘la olmasligini, chunki u go‘zal emasligini va kelgan joyiga qaytib ketishini tavsiya qilgan.

Riz Uizerspun

Foto: The Voice Mag

Riz toki mashhurlikka erishmaguncha, uning ko‘rimsizligi va bo‘yi baland bo‘lmagani uchun rollardan chetlatishgan.

Elvis Presli

Foto: The Voice Mag

Birinchi tinglovdan so‘ng menejer qo‘shiqchiga hech narsaga erisha olmasligini aytgan. Unga avvalgidek yuk mashinasini haydashni maslahat bergan.

Arnold Shvarsenegger

Foto: The Voice Mag

Bir yoki ikki odam emas, balki Gollivudda unga bodibildingdan aktyorlikka o‘ta olmasligini aytishgan, bu bilan juda muskulli gavdasi, dahshatli talaffuzi va aytish juda qiyin bo‘lgan familiyasiga ishora qilishgan.

Jizel Bundxen

Foto: The Voice Mag

Faoliyatining boshida unga juda katta burni va kichkina ko‘zlari tufayli hech qachon moda jurnalining muqovasida chiqmasligini aytishgan.

Shakira

Foto: The Voice Mag

Xonanda qo‘shiq kuylaganda uning ovozini echkinikiga o‘xshatishgan. Ammo uning ajoyib tembrini hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydi.

Meril Strip

Foto: The Voice Mag

Faoliyatining boshida aktrisa “King Kong” filmining kastingida ishtirok etish orzu qilgan va prodyuserning o‘g‘lidan buning uchun ruhsat so‘ragan. Uchrashuvda prodyuser Dino de Laurentis o‘g‘liga italyan tilida: “Nega bu qo‘rqinchli ayolni olib kelding?” deb so‘ragan. Strip italyanchalab: “King Kong uchun go‘zal emasligimdan afsusdaman”, — deb javob qaytargan.

Jennifer Lourens 

Foto: Pinterest

Aktrisaga Gollivud uchun juda to‘lishgan va uning qomati ayollarnikiga xos ekani aytilgan. U esa 20 yoshidayoq birinchi “Oskar” nominatsiyasini oldi.

Klint Istvud

Foto: The Voice Mag

60-yillarda u kekirdagi chiqib turgani, nutqining seknligi va tish kasalliklari tufayli kastinglarda rad etilgan. Rolini yaxshi o‘ynay olmagani uchun suratga tusholmagan aktyor Bart Reynolds Klintga shunday degan: “Men o‘rganishim mumkin, lekin siz kekirdagingiz bilan hech narsa qila olmaysiz”.

Jessika Chesteyn

Foto: The Voice Mag

Kinodagi faoliyatining boshida u xunukiligi va qizg‘ish sochlarini boshqa rangga bo‘yashi kerakligi haqida ko‘p eshitgan.

Kira Naytli

Foto: The Voice Mag

Rol ijro etishidan oldin rejissor uni iste’dodli deb hisoblamasligini va unga hech qanday rol bermasligini aytgan. Ammo Kira uni oxirigacha tinglashga majbur qildi va rolni olishga muvaffaq bo‘ldi.

Uolt Disney

Foto: The Voice Mag

22 yoshida karikaturachi Missuri shtatidagi gazetadan yetarlicha ijodkor bo‘lmagani uchun ishdan bo‘shatilgan.