Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida 6—8 avgust kunlari yomg‘irlar sabab sel toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu bo‘yicha “O‘zgidromet” shoshilinch axborot e’lon qildi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Unga ko‘ra,

  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilardan hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.