Instabloger Maryam Tillayeva rossiyalik teleboshlovchi Lyaysan Utyashevaga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i, Rossiyaning mashhur blogerlaridan biri Amiran Sardarov bilan munosabatlari, AQSHda Maykl Jeksonning farzandlari bilan bir maktabda o‘qigani, maktab yillari, ota-onasining Amiran Sardarov bilan nikohiga munosabati, Gollivud yulduzi Entoni Hopkins bilan bir filmda rol o‘ynagani haqida gapirdi.

Amiran Sardarov bilan munosabatlari va ikkinchi imkoniyatni berishi haqida 

“Bu inson biz u haqda gapirishimiz uchun arzimaydi. Bu mavzuga nuqta qo‘ydim. Boshqa gapirishni istamayman. Esimdan chiqarib, yo‘limda davom etmoqchiman. Bu munosabatlar men uchun katta tajriba bo‘ldi. Rafiqa bo‘lish nimaligini, o‘zingni hurmat qilish qanaqa bo‘lishini o‘rgandim”, — deydi instabloger.

Foto: “Yandeks.ru”

Ota-onasining Amiran Sardarov bilan nikohiga munosabati

“Amiran bilan AQSHdagi bazmda tanishganman. Ota-onam boshida bizning munosabatlarimizga qarshi bo‘lgan. Lekin men ularni eshitishni xohlamaganman. Keyin agar shu yo‘lni to‘g‘ri deb bilsang, mayli qaror qabul qil, deyishgan. Sen istaganingdek bo‘lsin, lekin qayerdadir bizning yordamimiz kerak bo‘lsa, biz yoningdamiz, deyishgan”, — deydi Maryam Tillayeva.

Foto: “Yandeks.ru”

Maryam Tillayeva Toshkentdan Shveysariyaga ko‘chib o‘tgani haqida 

“Juda ham qiyin kechgan, chunki barcha bolalar fransuz bo‘lgan. Men esa gapirmasdan yurganman, moslashishim biroz qiyin bo‘lgan. Ammo ma’lum vaqt o‘tgach ular bilan muloqotga kirishishim uchun bu tillarni o‘rganishimga to‘g‘ri kelgan”, — deydi Maryam Tillayeva.

Tug‘ilgan kunida onasi tort pishirib bergani, biroq uni hech kim yemagani haqida 

“Tug‘ilgan kunim edi, onam shokoladli tort tayyorlab bergan. Men sinfga kirib sinfdoshlarimga tortni ko‘rsatmoqchi bo‘lganimda, sinfimdagi qizlar hech kim uning tortini yemasin deb aytgan. O‘tirib tortni o‘zim yeganman” , — deydi instabloger.

Foto: “Yandeks.ru”

AQSHda Maykl Jeksonning farzandlari bilan bir maktabda o‘qigani 

“AQSHdagi maktabda o‘qiganimda, o‘shanda 14 yoshda, o‘tish davrida edim. Menga u yer yoqqan. Do‘stlarim o‘qiydigan maktabga bordim. Umuman olganda, boshqa-boshqa dunyoqarashlar, bolalar, men madaniyatning ko‘p qismini shu yerdan o‘rgandim. Men o‘qigan maktabda juda ko‘p mashhurlarning farzandlari o‘qir edi, masalan Maykl Jeksonning farzandlari va yana boshqalar. Ota-onam meni mashhurlarning uyiga tashlab ketgan va shu orqali ular bilan yaqindan tanishishni istagan. Ukam aktrisa Helli Berrining qizi bilan do‘st bo‘lgan”, — deydi instabloger.

Foto: Instagram /@mashatilly

Gollivud yulduzi Entoni Hopkins bilan bir fimda rol ijro etgani 

“Entoni Hopkins bilan bir filmda rol ijro etganman. Atigi bir daqiqalik epizod bo‘lgan. Mening bir do‘stim bor, rejissor, ismi Mateo. U menga o‘zimni aktrisalikda sinab ko‘rishim haqida gapirgan”, — deydi instabloger.

Foto: Instagram /@mashatilly

Mavzuga doir: