Oq uy Xitoy elchisini Pekinning Tayvanga qarshi harakatlari kuchaygani munosabati bilan chaqirib, holat yuzasidan  norozilik bildirdi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.

Foto: BBC

“Xitoyning bir kechada qilgan harakatlari ortidan biz elchi Sin Gangni Xitoyning provokatsion harakatlariga qarshi norozilik bildirish uchun Oq uyga chaqirdik”, — dedi AQSH milliy xavfsizlik vakili Jon Kirbi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington “Xitoyning mas’uliyatsizligi hamda Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni saqlashga zid bo‘lgan harbiy harakatlarini qoraladi”.

“Yana bir bor ochiq-oydin aytdik, yagona Xitoy prinsipi bo‘yicha bizda hech narsa o‘zgarmadi. Shuningdek, biz AQSH Pekin qaror qilgan har qanday choralarga tayyor ekanini ochiq aytdik”, — ta’kidladi Kirbi.

Bundan tashqari, Oq uy Xitoy elchisining e’tiborini G7 bayonotiga qaratdi, unda Xitoy AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining tashrifidan Tayvan atrofida tajovuzkor harbiy harakatlar uchun bahona sifatida foydalanmasligi kerakligini ta’kidladi.