Warner Bros kinostudiyasi budjeti 90 million dollar bo‘lgan “Betgerl” komiksi premyerasini bekor qildi, film nafaqat kinoteatrlarda, balki u suratga olingan HBO Max striming xizmatida ham namoyish etilmaydi. Bu haqda Variety nashri xabar bermoqda.

Warner Bros Discovery bilan birlashgandan so‘ng, e’tiborni maxsus loyihalarga emas, balki DC olami haqida teatrlashtirilgan blokbasterlarni yaratishga qaratmoqda. Qayd etilishicha, ushbu qaror faqatgina bu filmlar bilan bog‘liq emas.

Kinokompaniya budjeti 40 million dollarlik “Holiday Haunt” filmining davomi “Skubi-Du!” kinokartinasini chiqarishni ham bekor qildi. Film shu yilning dekabr oyida taqdim etilishi kerak edi.

“Lesli Greys — ajoyib iste’dodga ega aktrisa va bu qaror uning ijrosi bilan bog‘liq emas. Biz ‘Betgerl’, ‘Dam olish maskani’ ijodkorlari va ularning aktyorlaridan minnatdormiz. Yaqin kelajakda ular bilan yana hamkorlik qilishni orziqib kutamiz”, — deydi Warner Bros kompaniyasi rahbari.

Variety nashri kompaniyaning bu qarorini hayratlanarli deb atadi, chunki studiyalar deyarli hech qachon film premyeralarini bekor qilmaydi, hech bo‘lmaganda o‘z sarmoyalaridan daromad olishni afzal ko‘radi. Nashr shuningdek, Warner Bros 2023-yilda kinoteatrlarda namoyish etilishi kutilayotgan “Flesh” (“The Flash” kinofilmi) haqida ham qaror qabul qilmagan. Bosh rol ijrochisi Ezra Millerga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlar va ta’qiblar haqidagi ko‘plab ayblovlar kinofilmni targ‘ib qilishga juda salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Mavzuga doir: