Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 1-turida “Chelsi” 6-avgust, shanba kuni “Everton”mehmoni bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuv kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Birinchi bo‘limning so‘ngida Jorjinyoning penaltidan urgan goli yagonaligicha qoldi va “Chelsi”ga g‘alaba taqdim etdi.

“Aristokratlar” mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

APL

1-tur bahsi

“Everton” – “Chelsi” 0:1

Gol: 0:1 – 45 Jorjinyo (penalti).

“Everton”: Pikford, Patterson, Godfri (Holgeyt, 18), Tarkovski, Mina (Ruben Vinagre, 70), Mikolenko, Grey, Dukure, Ivobi, Gordon, Maknil (Alli, 61).

“Chelsi”: Mendi, Jeyms, Aspilikueta, Tiago Silva, Kulibali (Kukurelya, 75), Chiluell (Loftus-Chik, 65), Jorjinyo (Gallager, 90+9), Kante, Maunt (Pulishich, 65), Haverts (Broya, 75), Sterling.

Ogohlantirishlar: Mina (45), Jeyms (56), Mikolenko (80), Kukurelya (90+11).