Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 1-turida “Liverpul” 6-avgust, shanba kuni “Fulhem” bilan bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. “Fulhem” tarkibida Aleksandr Mitrovich dubl qayd etgan bo‘lsa, “Liverpul” safida Darvin Nunyes va Muhammad Salohlar o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari mavsumni ko‘ngildagidek boshlay olmadi.

APL

1-tur bahsi

“Fulhem” – “Liverpul” 2:2

Gollar: 1:0 – 32 Mitrovich, 1:1 – 64 Nunyes, 2:1 – 72 Mitrovich (penalti), 2:2 – 80 Saloh.

“Fulhem”: Rodak, Tete, Rim, Adarabioyo, Robinson, Kebano (Solomon, 66), Rid, Pereyra (Kerni, 89), Palinya, Dekordova-Rid (Daffi, 90), Mitrovich.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Henderson, Tiago Alkantara (Elliott, 51), Fabinyo (Milner, 59), Firmino (Nunyes, 51), Saloh, Dias (Karvalyu, 78).

Ogohlantirishlar: Tete (17), Dekordova-Rid (90).