AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatda ularni Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Amerika Davlat departamentiga tayanib, “Interfaks”.

Foto: “Lb.ua”

Davlat departamentining ma’lum qilishicha, Kotib Blinken Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro bilan bog‘liq yoki undan kelib chiqadigan muammolarni hal qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘tkazishga chaqirgan.

Blinken “AQSH mintaqadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini” qayd etdi. Davlat kotibi Aliyev bilan bo‘lgan suhbat haqida o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Prezident Aliyevni Amerika Qo‘shma Shtatlari Janubiy Kavkazda barqaror tinchlikka erishish uchun Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi muloqotga kirishishga va yordam berishga tayyorligiga ishontirdi, — deb yozadi Blinken.

Shu hafta boshida xabar qilinganidek, o‘qqa tutilishi oqibatida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining ikki harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 19 nafari yaralangan. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, arman tomonini o‘qqa tutishda aybladi, qurboni Ozarbayjon askari bo‘lgan.

Rossiya harbiylari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Qorabog‘ mojarosi hududida mamlakat tinchlikparvar kontingenti faoliyati to‘g‘risidagi byulletenida vaziyatning keskinlashgani haqida ma’lum qilgan. Moskva Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat keskinlashganidan o‘ta xavotirda va Yerevan va Bokuni bosiqlikka va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishga chaqiradi, dedi Rossiya TIV.

Tashqi ishlar vazirligi “tomonlarning sa’y-harakatlari mavjud uch tomonlama muzokara formatlari doirasida Boku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarda ijobiy kun tartibini shakllantirishga qaratilishi kerak”ligiga ishonch bildirmoqda.

Mavzuga doir: Rossiya tashqi ishlar vaziri va AQSH davlat kotibi urush boshlanganidan buyon birinchi marta telefon orqali suhbatlashdi