Germaniya Bundesligasining 1-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Borussiya D” o‘z maydonida “Bayer”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Marko Roys hisobiga yozildi.

“Borussiya M” esa “Hoffenhaym”ni qabul qildi. Mezbonlar safida Rami Bensebayni, Markus Tyuram va Niko Elvedi gol urgan bo‘lsa, “Hoffenhaym”dagi yagona gol Robert Skov tomonidan urildi.

“Volfsburg” “Verder” bilan bahs olib bordi va uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Bundesliga

1-tur bahslari

“Borussiya D” – “Bayer” 1:0

Gol: 1:0 – 9 Roys.

“Borussiya D”: Kobel, Menye, Hummels, Shlotterbek, Gerreyru (Volf, 84), Roys, Daud, Bellingham, Malen (Jan, 84), Adeyemi (Azar, 23), Mukoko (Brandt, 69).

“Bayer”: Gradeski, Frimpong, Ta, Tapsoba, Inkapie (Bakker, 79), Demirbay (Azmun, 66), Andrix (Arangis, 13), Palasios (Amiri, 79), Belarabi (Glojek, 46), Shik, Diabi.

Ogohlantirishlar: Ta (26), Palasios (37), Azar (43), Inkapie (56), Shlotterbek (72), Bakker (90).

Chetlatish: Gradeski (90).

“Union Berlin” – “Gerta” 3:1

Gollar: 1:0 – 31 Sebatsho, 2:0 – 50 Bekker, 3:0 – 54 Knoxe, 3:1 – 85 Lukebakio.

“Borussiya M” – “Hoffenhaym” 3:1

Gollar: 0:1 – 25 Skov, 1:1 – 42 Bensebayni, 2:1 – 71 Tyuram, 3:1 – 78 Elvedi.

“Augsburg” – “Frayburg” 0:4

Gollar: 0:1 – 46 Gregorich, 0:2 – 47 Grifo, 0:3 – 61 Ginter, 0:4 – 78 Doan.

“Boxum” – “Mayns” 1:2

Gollar: 0:1 – 26 Onisivo, 1:1 – 39 Shteger, 1:2 – 77 Onisivo.

“Volfsburg” – “Verder” 2:2

Gollar: 1:0 – 11 Nmecha, 1:1 – 21 Fyullkrug, 1:2 – 23 Bitenkur, 2:2 – 84 Gilavogi.