Xonanda Dildora Niyozova “Daryo” internet nashriga bergan intervyusida nima uchun hamkasblari bilan kam muloqotda bo‘lishi va avval uni san’atkorlar nima uchun yoqtirishmagani haqidagi savolga javob berdi.

— Meni yoqtirishmagani uchun ham rahmat. Chunki ikki ayol bir-biriga qo‘shilsa, bilib-bilmay xato gapirib qo‘yamiz. Ayol kishi g‘iybat qilishga moyil bo‘ladi. Inson qancha bekorchi bo‘lsa, shuncha ko‘p gunoh va noto‘g‘ri ishlar qilib qo‘yadi. Ularga qo‘shilmaganimga va yoqtirishmaganiga ham rahmat. Balki ular yoqtirishmadi deb noto‘g‘ri xulosa qilgandirman. San’atkorlar bilan gap-gashtaklarga borib, bordi-keldi qilmasam ham ular bilan munosabatlarim yaxshi. Ko‘rganda tabassum bilan ko‘rishaman, shuning o‘zi yetadi. Ortiqcha bir soat gaplashib qolsam gap ko‘payadi, keyin boshni ushlab nega shunday dedim, deb afsuslanamiz. O‘zimning fe’l-atvorimni bilganim uchun san’atkorlar davrasidan nari-beri bo‘lishni ma’qul ko‘raman.

Umr juda qisqa. Uy ishlarini qilib, bolalarim bilan shug‘ullangunimga qadar kech tushadi. Ishlarimni qilib, uyquga ketgunimga qadar kechki soat 1-2 bo‘lib ketadi. Ertasi kuni bu jarayon yana takrorlanadi.

Yaqin bir insonimning ishlari yurishgan vaqtida ko‘chadagi do‘st-u dugonalari ko‘p bo‘lgan. Boshiga ish tushgach. Ularning safi ancha kamaydi. Men avvalgi ko‘p pul topgan paytimda ham hech kim bilan dugona bo‘lmaganman, hozir ham xuddi shunday.

Ko‘pchilik san’atkor ayollar gap-gashtak o‘ynashni taklif etishdi. Ammo ularning birortasiga bormaganman. Keyinchalik esa baribir kelmaydi, deb chaqirmay ham qo‘yishgan, — deydi xonanda Dildora Niyozova.

Mavzuga doir: