Farg‘ona shahrida fuqaroning telefonini olib qochib ketgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 1-avgust kuni X.D. ismli shaxs shaharning 8-mart ko‘chasida joylashgan MCHJda ishlayotgan O‘.I. ismli fuqaroning oldiga kelib, uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, yonida bo‘lgan, narxi 1 million 200 ming so‘mlik “Samsung J2” uyali telefon apparatini ochiqdan ochiq ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Farg‘ona shahri IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Ma’lumot uchun, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.