Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor faoliyatini yakunlashiga ishora qildi.

Foto: Getty Images

MMA, hech qachon seni unutmayman! Oson ish. Gollivudga ketayotganimga ishongim kelmayapti. Barchangiz men bilan faxrlanasiz”, — deb yozdi irlandiyalik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Avvalroq Konor Jeyk Jillenhol bosh rolni ijro etadigan filmda rol ijro etishi xabar qilingandi.

Konor Makgregor so‘nggi jangini 2021-yil iyul oyi Dastin Poryega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Porye texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.