“Arsenal” Angliya Premyer Ligasining 1-turida “Kristal Pelas” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Mikel Arteta “kanonirlar” ustozi sifatida APLdagi 98-o‘yinini o‘tkazdi. Mutaxassis “Arsenal” bilan Premyer Ligada 50-g‘alabasini nishonladi.

Faqatgina Arsen Venger londonliklar bosh murabbiyi sifatida Angliya chempionatida Artetadan tezroq 50 ta g‘alaba qayd etgan. Venger yubiley g‘oliblikni nishonlashi uchun 94 ta o‘yin kifoya qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!