Namangan viloyat musiqali drama teatrida 91-mavsumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Yangi mavsum “Ibrat” tarixiy dramasi premyerasi bilan boshlandi. Namanganlik ijodkor Nurullo Abbosxon qalamiga mansub mazkur dramada ulug‘ ma’rifatparvar Is’hoqxon to‘ra Ibrat hayotining fojiali qirralari aks etgan.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Asar keksa Is’hoqxon to‘ra Ibratning tergov jarayonlari bilan boshlanadi. So‘roq-savollar davomida u o‘tmishi haqida so‘zlab, yangi maktab ochishdagi qiyinchiliklar, chet ellarga safarlar, Namanganga ilk matbaa dastgohlarini olib kelinishi, maslakdosh jadidlar bilan uchrashuvlarni yodga oladi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Drama Is’hoqxon to‘raning o‘g‘li Abbos bilan hibsxonada ko‘rishi, ota-bolaning o‘limga hukm etilishi va bu zo‘riqishlarga chiday olmagan tergovchining joniga qasd qilishi bilan yakunlanadi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Drama boshidan oxirigacha kishini hayajonda tutib turadi. Uning mazmuni va aktyorlar mahorati tomoshabinlarga ma’qul kelganini spektakl yakunida yangragan olqishlardan ham payqash qiyin emasdi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Teatr mutasaddilarining bildirishicha, jamoa yangi mavsumda Qirg‘izistonning O‘sh akademik o‘zbek teatri bilan hamkorlikda “Manas o‘g‘li Semetey” spektaklini sahnalashtirish va uni Namangan hamda O‘shda tomoshabinlarga taqdim etishni ham rejalashtirmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Mavzuga doir: Namanganda “Ibrat” filmining mamlakatdagi ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi