O‘zbekiston prezidentining PQ-4193-son qarori hamda PF-5930-son va PF-6269-son farmonlari asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblariga rioya etilishi holati respublika miqyosida o‘rganildi.

Foto: “Daryo”

O‘rganish natijasida quyidagi vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlaridan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida hamda ishga qabul qilish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab qilinganligi aniqlandi:

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 50 dan ortiq;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 20 dan ortiq;
  • Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – 20 dan ortiq;
  • “O‘zsuvta’minot” AJ – 600 dan ortiq;
  • “Hududgazta’minot” AJ – 300 dan ortiq;
  • “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 40 dan ortiq.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yganligi yuzasidan yuqoridagi vazirlik va tashkilotlarga nisbatan taqdimnoma hamda ogohnoma ta’sir choralari qo‘llanildi.