O‘zbekistonda 5-avgust kuni 28 nafar kishida kasallik aniqlandi.

Foto: “Daryo”

2022-yil 5-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 243 294 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 1 nafari Namangan viloyatida,
  • 3 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 3 nafari Toshkent viloyatida,
  • 6 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar, Andijon viloyatida 3 nafar, Buxoro viloyatida 7 nafar, Jizzax viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 6 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Sirdaryo viloyatida 5 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida 8 nafar, Xorazm viloyatida 11 nafar, Toshkent viloyatida 3 nafar, Toshkent shahrida 17 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 240641 (+92) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.