Xorijiy va nodavlat oliy ta‘lim tashkilotlaridan hamda respublika davlat oliygohlararo o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli yakunlandi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga asosan ko‘plab murojaatlar tegishli hujjatlar to‘liq yuklanmagani, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo‘lmagan yo‘nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan.

Shuni inobatga olib, 5-avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustga qadar arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.