Qashqadaryo viloyati prokuraturasi jasadi suvdan topilgan sportchi o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Qarshi shahar hududidan oqib o‘tuvchi Qarshi magistral kanalidan 1999-yil tug‘ilgan fuqaro K.I.ning jasadi topilganligi holati yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, — deyiladi mas’ul idora xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, ish bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.