O‘rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya 13-noyabr kuni kamar himoyasi uchun Aleks Pereyraga qarshi oktagonga chiqadi. Bu haqida UFC rasmiy Twitter sahifasi ma’lum qildi.

Foto: UFC

Ushbu to‘qnashuv Nyu-Yorkning “Medison-Skver-Garden” arenasida bo‘lib o‘tadigan UFC 281 ning asosiy janggi bo‘ladi.

Adesanya kamarini 5 ta jangdan buyon muvaffaqiyatli himoya qilib kelmoqda. Pereyra UFC da 3 ta jang o‘tkazib, ularning ikkitasida muddatidan oldin g‘alaba qozongan.

Jangchilar bundan avval kikboksda o‘zaro to‘qnash kelgan va unda braziliyalikning qo‘li baland kelgan.