Sadio Mane “Bavariya”ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi.

Foto: Getty Images

Myunxen jamoasining yangi futbolchisi soliqlardan tashqari yiliga 22 million yevro maosh oladi, deya xabar beradi Kristian Falk.

Senegallik futbolchidan so‘ng eng ko‘p maosh olish bo‘yicha quyidagi futbolchilar turadi:

Manuel Noyer – yiliga 21 mln yevro;

Tomas Myuller – 20,5 mln yevro;

Kingsli Koman va Leroy Sane – ikkalasi ham 20 mln yevro;

Yozua Kimmix – 19,5 mln yevro;

Serj Gnabri – 19 mln yevro;

Leon Goretska – 17 mln yevro;

Matteys de Ligt, Lyuka Ernandes, Dayo Upamekano – uchalasi ham 16 mln yevro;

Marsel Zabitser va Alfonso Devis – 9 mln yevrodan;

Nussair Mazraui, Rayan Gravenberx va Benjamen Pavar – 8 mln yevrodan;

Jamal Musiala, Tangi Nyanzu va Erik-Maksim Shupo-Moting – 5 mln yevrodan;

Matis Tel va Buna Sarr – 4 mln yevrodan;

Paul Vanner va Yosip Stanishich – 2 mln yevrodan;

Gabriel Vidovich – 1 mln yevro.