Hindistonning Chennai shahri mezbonligida o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 6-avgust kungi bahslari yakunlandi.

Foto: Shaxmat federatsiyasi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 8-tur doirasida Germaniyaga qarshi dona surdi va 2,5-1,5 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Nodirbek Yoqubboyev g‘alaba qozongan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Jahongir Vohidov durang natija qayd etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng erkaklar terma jamoasi ochkolari sonini 14 taga yetkazib oldi.

Ayollar terma jamoasi a’zolari Shimoliy Makedoniyani 2,5-1,5 hisobida mag‘lub etdi. Umida Omonova va Hamdamova Afruza g‘alaba qozongan bo‘lsa, Bobomurodova Maftuna durang natija qayd etdi. Nilufar Yoqubboyeva esa mag‘lubiyatga uchradi.

Avvalroq prezident qaroriga ko‘ra, Butunjahon shaxmat Olimpiadasi sovrindorlari katta pul mukofotiga ega bo‘lishi xabar qilingandi.