Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining qoldirgan 11-tur o‘yini 6-avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Paxtakor”

“Paxtakor” safarda “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 8-daqiqasida “sherlar” futbolchisi Sardor Sobirxo‘jayev hisobni ochdi. 19-daqiqada Dragan Cheran toshkentliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Marko Kolakovich hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Odil Hamrobekov raqib futbolchisiga nisbata ishlatgan qo‘pol harakati uchun videotakrorlardan keyin qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda “Paxtakor” darvozasi tomon penalti belgilandi, uni Shohruz Norxonov golga aylantirib, muvozanatni tikladi.

Shu tariqa “Paxtakor” ochkolari sonini 27 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “So‘g‘diyona” esa 27 ochko bilan 3-o‘rindan joy oldi.

Superliga

6-avgust, shanba

Qoldirilgan 11-tur bahsi

“So‘g‘diyona” — “Paxtakor” 2:2

Gollar: 0:1 — 8 Sobirxo‘jayev, 0:2 — 19 Cheran, 1:2 — 45+1 Kolakovich, 2:2 — 90+14 Shohruz Norxonov (penalti).

“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 5. Ayubxon No‘monov (21. Abdujalil Manazarov, 25), 6. Iskandar Shoyqulov, 7. Shahboz Jo‘rabekov, 11. Jasur Hasanov, 17.Husniddin G‘ofurov (10. Shohruz Norxonov, 55), 19. Javohir Qahramonov (28. Samandar Mavlonqulov, 79), 31. Luka Chermel (26. Vitaliy Denisov, 25), 77. Daniel Nasriddinov (9. Shavkat Salomov, 25), 93. Marko Kolakovich.

“Paxtakor”: 33. Eldor Suyunov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Aleksandr Nasonov, 13. Ilya Martinovich, 34. Farrux Sayfiev, 6. Ikrom Aliboyev, 7. Odil Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 17. Doston Hamdamov (88. Shahzod Azmiddinov, 52), 10. Dragan Cheran (28. Diyor Xolmatov, 90+7), 19. Pishemislav Banashak (8. Aziz Turg‘unboyev, 65).

Ogohlantirishlar: Martinovich (90+2), Sobirxo‘jayev (90+5).

Chetlatish: Hamrobekov (52).