Surxondaryo viloyati Denov tumanida yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.R. “D.B.” fermer xo‘jaligiga qarashli sug‘oriladigan ekin yer maydonining 2 sotixini noqonuniy ravishda egallab olib, uy-joy qurish uchun beton poydevori qurganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.