Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari 54 ming dollarni noqonuniy ravishda olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslarni to‘xtatib qoldi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, bojxona postidan o‘tayotgan fuqarolar tekshirilganda ularning biri 18 ming dollarni non orasiga yashirgani, yana biri 18 ming dollarni fuqaro kiyimlari ichiga o‘rab yashirilgani, uchinchi fuqaro esa shuncha miqdordagi valyutani eginidagi shimining chap cho‘ntagida va qorin qismiga kamar bilan qistirilgan holda yashirgani aniqlangan. Bu pullar bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilmagan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ushbu fuqarolar umumiy qiymati 54 ming dollarga teng bo‘lgan chet el valyutasini boshqa bir fuqarodan O‘zbekistondan qo‘shni davlatga ma’lum bir haq evaziga olib o‘tayotganini ma’lum qilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.