Toshkent shahri Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida Tesla va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Foto: YHXB

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil 6-avgust kuni soat 8:30 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchilar — 1990-yilda tug‘ilgan N.N. boshqaruvidagi Cobalt rusumli transport vositasi 1977-yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi Tesla rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.