O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Xitoyning Favqulodda va Muxtor elchisi Tszyan Yanni qabul qildi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Uchrashuv davomida O‘zbekiston–Xitoy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, tomonlar XXR Davlat Kengashi a‘zosi, tashqi ishlar vaziri Van Ining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a‘zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlar natijalarini yuqori baholadilar.

O‘zbekistonning SHHTga raisligi doirasida rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e‘tibor qaratildi.

Muzokaralar davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.